Prezident maslahatchisi oʻrinbosari “Xalq banki” boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari Shuhrat Xoldarovich Otaboyev aksiyadorlik tijorat “Xalq banki” Boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Shu paytgacha Boshqaruv Raisi vazifasida ishlagan Farhod Salamov esa boshqa ishga oʻtkazilgan.
Shuhrat Otaboyev 1978-yilda tugʻilgan. Dastlab Toshkent moliya instituti, keyinchalik Yaponiyaning Siyosiy fanlar Milliy instituti hamda Prezident huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1995-yil Navoiy viloyatidagi 14-oʻrta maktabda ingliz tili oʻqituvchiligidan boshlagan. 1998-yildan boshlab Toshkent davlat texnika universiteti “Kamolot” jamoat markazida bosh hisobchi boʻlib faoliyat yuritgan.
2001-2012-yillarda Oʻzbekiston Markaziy bankida turli lavozimlarda mehnat qilgan. 2015-2017-yillarda AT Xalq banki Boshqaruvi Raisi oʻrinbosari, 2017-2018-yillarda Oʻzbekiston Markaziy banki Boshqaruvi Raisi oʻrinbosari, 2018-2021-yillarda “Ipoteka bank” ATB Boshqaruvi Raisi lavozimlarida ishlagan. Joriy yil fevral oyidan buyon esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi oʻrinbosari vazifasida mehnat qilib kelayotgan edi.
Bugun yangi rahbar Xalq banki jamoasiga tanishtirildi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisi B. Nurmuratov hamda Moliya vaziri T. Ishmetov ishtirok etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- Bugun Eronga juda qattiq zarba berilishi mumkin – Tramp
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring