Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan... — Bosh prokuratura Andijonda 5 erkak 5 oylik kelinchakni zoʻrlagani haqidagi xabarlar boʻyicha maʼlumot berdi

19:31 16 May 2021 Jamiyat
4196 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda 5 erkak 5 oylik kelinchakni zoʻrlagani haqida xabarlar tarqaldi va qizgʻin muhokama qilinmoqda. Mazkur holat boʻyicha viloyat IIB surishtiruv oʻtkazmoqda. 

Bosh prokuraturaning “Xalq soʻzi”ga maʼlum qilishicha, fuqaro O.O. “102” qisqa raqamiga 1305.2021-yil kuni murojaat qilib, shu kuni soat 14:00 larda Andijon tumani Qoraqolpoq MFY Zaripak koʻchasi oʻramida joylashgan dala shiyponida 2 nafar fuqarolar S.A. va M.O. uni zoʻrlaganini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan hodisa sodir boʻlgan joyga Andijon tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi gov-tezkor guruhi voqea joyiga chiqib, hodisa sodir boʻlgan joy koʻzdan kechirilib, videotasvirga olingan.

Tergovga qadar tekshirish harakatlarini toʻlaligini taʼminlash maqsadida O.O.ga tegishli boʻlgan qizil qora rangli ayollar koʻylagi va lozimi, siyohrang roʻmol, pushti rangli jemfer, koʻk rangli yuz sochiq, pushti rangli ayollar ichki kiyimlari hamda bir boʻlak oq latta daliliy ashyo tariqasida xolislar ishtirokida olingan.

Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi, sudga oid biologik ekspertiza va sudga oid fizika-texnikaviy ekspertizasi tayinlangan.

Fuqaro O.O.dan tushuntirish xati olinganida u oʻzining koʻrsatuvida 13.05.2021-yil kuni turmush oʻrtogʻi O.O. bilan birgalikda Andijon tumani Qoraqolpoq MFY Zaripak koʻchasi oʻramida joylashgan dala shiyponiga dehqonchilik ishlari bilan shugʻullanish uchun borishganligini, soat 16:00 da bir oʻzi chaylada qolgan vaqtida oʻziga tanish boʻlgan O.S. mast holatda kelib, oʻzini va turmush oʻrtogʻi O.O.ni tanishini aytib, ularning uyiga oʻtin mahsulotlarini olib berganligini aytib, uning egnida boʻlgan kiyimlarini yechib tashlab, 30 daqiqa davomida jinsiy aloqada boʻlgan. 

Shundan keyin A.S. oʻzining sheriklarini chaqirganligini, ular ham chayla ichiga kirib, uning qoʻllarini ushlab turganligini, A.S. esa bir soat vaqt davomida jinsiy aloqa qilgan, shundan keyin O. M. ham chayla ichiga kirib, uni tovuq katagi ichiga olib kirib, qoʻllarini arqon yordamida bogʻlab, 30 daqiqa jinsiy aloqa qilgan. 

Ayol shundan keyin keyin turmush oʻrtogʻi O.O.ni oldiga borib, u bilan qoʻylarni boqqanligini, shu kuni soat 20:30 larda jinsiy aʼzosidan qon kelib, homilasi qimirlamay qolgan va oʻzini A.S. va O.M. ismli shaxslar zoʻrlaganligini aytib bergan.

Fuqarolar O.M., A.S., A.M., X.J. va B.A.lar oʻzlarining koʻrsatuvlarida haqiqatdan ham 13.05.2021-yil kuni soat 14:00 larda, Andijon tumani Qoraqolpoq MFY Zaripak koʻchasi oʻramida joylashgan dala maydoni tomonga choʻmilish uchun borganliklarini, shu yerda boʻlgan “Qoradaryo” soyida choʻmilishganligini, biroq shu kuni O.O.ni koʻrmaganligini va u bilan jinsiy aloqada boʻlishmaganligini bildirishgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan 16.05.2021-yil kuni Oʻzbekiston Respublikasi JKning 118-moddasi 1-qismi bilan 032031/2021-100-sonli jinoyat ishi qoʻzgʻatilib dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?