Sirdaryo viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

11:58 30 Aprel 2021 Jamiyat
1337 0

Sirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari – viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshligʻi etib Isakulov Shoxrux Norkulovich tayinlandi.

Shoxrux Isakulov 1991-yilda tavallud topgan. 2011-yil Amerika Qoʻshma Shtatlari Kanzas Shtati «Nyuman» universiteti (Newman University), 2014-yil Amerika Qoʻshma Shtatlari Kanzas Shtati «Frends» universiteti (Friends University)ni tamomlagan.

Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Sirdaryo viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер