DXX xodimlari Andijonda 100 gektar yerni 128 ming dollarga sotishga uringan hokimiyat xodimini ushladi
DXX Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda yer sotish bilan bog‘liq bir nechta firibgarlik holatlariga chek qo‘ygan. Bu haqda DXX matbuot xizmati “Xalq so‘zi”ga ma’lum qildi.
Xususan, viloyat hokimligi huzuridagi kichik sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi xodimi 2 nafar sherigi bilan o‘zaro til biriktirib, mahalliy fuqaroga fermer xo‘jaligi tashkil qilishi uchun Xo‘jaobod tumani xokimiyatidagi mansabdor tanishlari orqali 100 gektar yer ajratib, tegishli hujjatlarni tayyorlatib berish evaziga undan 128 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandilar.
Qayd etilishicha, tergovoldi surishtiruv harakatlari davomida mazkur shaxslar o‘zlarining bu yordamlari uchun muqaddam avans sifatida 7 ming AQSH dollari olganliklari aniqlangan.
Shuningdek, olgan pullarining 70 ming AQSH dollarini Andijon viloyat Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasida ishlovchi tanishiga berishlari kerakligi ma’lum bo‘ldi va tezkor tadbir davom ettirilib, u ham pul olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring