Kun fotosi: Namangan viloyati hokimining vaqtinchalik uyi deyarli tayyor boʻldi
Prezident Namangan viloyatiga tashrifi chogʻida Namangan shahridagi Bunyodkor mahallasiga kutilmagan tashrifni amalga oshirgan va mahalladagi ahvol yuzasidan mutasaddilarni keskin tanqid qilgan edi.
Tashrifdan soʻng viloyat hokimi ushbu mahalla aholisi bilan uchrashib, “Bunyodkor” mahallasiga koʻchib oʻtishini maʼlum qilgan edi.
“Har kuni shu yerda, sizlarga qoʻshni boʻlaman. Uyim mahalla idorasining roʻparasida joylashadi. Bugun shu yerga konteyner oʻrnatiladi va unga «viloyat hokimining uyi” deb yozib qoʻyiladi», degan edi Shavkatjon Abdurazzaqov aholi bilan uchrashuvda.
“Xalq soʻzi” tahririyatiga hokim vaqtincha yashash uchun koʻchib oʻtadigan “viloyat hokimining uyi” suratlari yetib keldi.
Rasmlardan koʻrinib turibdiki, barcha qulayliklarga ega konteyner oʻrnatilib, uning atrofi devor bilan oʻralgan, darvoza qilinib uy hovlisiga fuqarolarni qabul qilish, suhbatlashish, murojaatlarini tinglash uchun maxsus ayvon ham qurilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring