Xorijdan keltirilayotgan naslli mollar davlat reyestriga kiritiladi
Bu haqda bugun AOKAda «Oʻzagroinspeksiya» axborot xizmati rahbari Xolida Shodiyeva ishtirokida oʻtkazilgan brifingda maʼlum qilindi:
— Joriy yilda 91 ming gektar yangi oʻzlashtiriladigan yer maydonining qishloq xoʻjaligi yer toifasiga kiritilishi, shuningdek, foydalanishdan chiqib ketgan yer osti suvlari zaxirasi mavjud boʻlgan 56 ming gektar yer maydoni oʻzlashtirilishi, prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishi hamda qishloq xoʻjaligi subyektlariga taqsimlanishi boʻyicha qattiq nazorat amalga oshiriladi.
Mavjud 330 mingdan ziyod qishloq xoʻjalik texnikasining (mulk shaklidan qatʼiy nazar) toʻliq elektron roʻyxati shakllantiriladi hamda texnikalarning harakati va yagona elektron bazasi, jumladan, mahalliy ishlab chiqaruvchilar hamda importyor korxonalar tomonidan yetkazib beriladigan texnikalar hisobi yuritiladi.
“Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi doirasida «Oʻzagroinspeksiya»ning uzagroin.uz — yagona axborot tizimi joriy etiladi. 2021-yil yakuniga qadar Davlat xizmatlari markazlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarga nisbatan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatiladigan elektron davlat xizmatlarining ulushi 50 foizga oshiriladi.
Inspeksiyaning Markaziy va hududlardagi 13 ta laboratoriyasini xalqaro standart talablariga javob beradigan 60 dan ortiq zamonaviy sinov qurilmalari va oʻlchov vositalari bilan jihozlash orqali “ISTA” xalqaro standartlash tashkilotiga akkreditatsiya qilinadi.
Respublikada qoramollar zotini yaxshilash maqsadida xorijiy davlatlardan keltirilayotgan (yiliga 35 ming boshdan ortiq) naslli mollarni oʻrnatilgan tartibda davlat reyestriga kiritilishi taʼminlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring