Jizzaxdagi binoning qulab tushish sabablarini oʻrganish boʻyicha Hukumat komissiyasi tuzildi
Jizzax shahrida “Chorvador-Qorakoʻl-Baraka” MCHJ tomonidan qurilayotgan 6-qavatli uyning qulab tushishi sabablarini oʻrganish boʻyicha Hukumat komissiyasi tuzildi.
Joriy yilning 10-yanvar kuni soat 17:10 da Jizzax shahar, “Zilol” MFY, Mustaqillik koʻchasida “Chorvador-Qorakoʻl-Baraka” MCHJ tomonidan qurilayotgan 6-qavatli qurilishi tugallanmagan koʻp qavatli uyning bir qismi qulab tushgan.
Shu bois, Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.Ramatov rahbarligida Hukumat komissiyasi tuzildi.
Komissiya tarkibiga Prokuratura, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurilish vazirligi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi va boshqa vazirliklar, idoralar, ekspertlar hamda loyiha tashkilotlari kiritilgan.
Ushbu Hukumat komissiyasi zimmasiga, 6-qavatli uyning qulab tushish sabablari, bunga omil boʻlgan holatlar, loyiha hamda pudratchi tashkilot tomonidan uyning barpo etilishi davrida shaharsozlik norma va qoidalariga rioya etilganligi, shuningdek, bunday holatlarning oldini olish boʻyicha amaldagi normativ-meʼyoriy huquqiy hujjatlarni oʻrganib chiqib, taklif kiritish vazifasi yuklatilgan.
Hukumat komissiyasi bugundan oʻz ishini boshlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring