Jizzaxda koʻp qavatli uyning bir qismi qulab tushdi
Jizzaxdagi koʻp qavatli uyning bir qismi qulab tushdi. Bu haqda viloyat favqulotda vaziyatlar boshqarmasi birlamchi maʼlumot berdi.
Bugun 10-yanvar kuni soat 17:15 lar atrofida Jizzax shahar Zilol mahallasi Mustaqillik koʻchasida yangidan qurilayotgan koʻpqavatli uylardan biri qulab tushgan.
Hozirda voqea joyga viloyat Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi, ichki ishlar va tibbiyot xodimlari yetib borishib, holatni oʻrganishmoqda.
Jizzax viloyat favqulotda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari Farrux Abdurahmonovning maʼlum qilishicha, foydalanishga topshirilmagan mazkur bino 6 qavatli boʻlib, xususiy tadbirkor tomonidan ustki 4 qavati yashash uchun turarjoy, pastki 2 qavati noturarjoy sifatida qurilayotgan boʻlgan.
Birlamchi maʼlumotlarga koʻra, voqea natijasida jabrlanganlar va halok boʻlganlar yoʻq. Shunday boʻlishiga qaramasdan, hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.
Holat yuzasidan toʻliq maʼlumot beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring