“Oʻgʻlimning jonsiz tanasini boʻlsa ham bir bagʻrimga bosish umididaman” — Ota 2 hafta avval kanalga choʻkib ketgan oʻgʻlini hamon qidirmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda Yozvon tumanining Boʻtqachi qishlogʻida yashagan navqiron yoshdagi Abdulazizni Katta Fargʻona kanaliga choʻkib ketgani bilan bogʻliq xabarlar keng tarqalmoqda. “Xalq soʻzi” muxbiri qidirilayotgan bolaning otasi bilan suhbatlashdi.
Maʼlum boʻlishicha, 2020-yilning 22-dekabr kuni ikki tanishi hamrohligida boʻlgan voyaga yetmagan Abdulaziz ismli yigit baʼzi sabablarga koʻra, kiyimlarini yechib Katta Fargʻona kanaliga tushgan va choʻkib ketgan. Viloyat favqulodda vaziyatlar, IIB boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar qutqaruv guruhi tomonidan bir necha kunlik qutqaruv ishlari hozircha natija bermayapti.
“Rossiyada ishlab kelayotgan edim. Shirin diydor umidi alam va iztirobga aylandi. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga rahmat. Havo qattiq sovuq boʻlishiga qaramay, bolamni tunu kun izlashyapti. Oʻgʻlimning jonsiz tanasini boʻlsa ham bir bagʻrimga bosish umidida qayiqda oʻzim ham qidiruv ishlarida qatnashyapman”, dedi uning otasi Abduhoshim aka.
Fargʻona viloyati IIB axborot xizmati rahbari Ismoil Sharipovning maʼlum qilishicha, ayni kunlarda Katta Fargʻona kanalining 10 ta tuman hududidan oʻtgan 150 kilometr qismida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Bu holat yuzasidan voyaga yetmagan shaxsning bedarak yoʻqolganligi boʻyicha qidiruv eʼlon qilingan.
B. Madiyorov,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring