Suv xoʻjaligi tizim tashkilotlaridagi kamchiliklar aniqlandi

Maʼlumki, suvga doir munosabatlar “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonun hamda boshqa tegishli hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-sonli qarori bilan “Oʻzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom tasdiqlangan boʻlib, joylarda qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun amalga oshirilayotgan suvga doir munosabatlarda mazkur tartib talablariga rioya etilayotganligi «Oʻzagroinspeksiya»ning hududiy boshqarmalari va tuman boʻlimlari tomonidan oʻrganilib kelinmoqda.
2020-yilning noyabr oyida «Oʻzagroinspeksiya» va uning quyi tuzilmalari tomonidan joylarda belgilangan tartibda oʻtkazilgan oʻrganishlarda jami 6606 ta holatda kamchiliklarga yoʻl qoʻyilganligi aniqlandi:
Xususan, Suv xoʻjaligi tizim tashkilotlari hisobida boʻlgan irrigatsiya tizimlarida 880 ta suv olish joylaridagi suvni boshqarish vositalari, 569 ta suv olish joylaridagi suv oʻlchash vositalari nosozligi, 296 ta suv olish joylarida suvning hisob-kitobi jurnallari yuritilmaganligi hamda 440 ta suv olish joylarida jurnallar xatoliklar bilan yuritilganligi aniqlandi. Bu haqda Inspeksiyaning qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan suv resurslaridan foydalanishni nazorat qilish boʻlimi maʼlum qildi.
Misol uchun, Qamashi tuman irrigatsiya boʻlimi hisobidagi “Oʻng qirgʻoq” kanalining “Tarmoq-2”, Muborak tuman irrigatsiya boʻlimi hisobidagi “UR-9” kanalining “Omad Olam Orzusi”, Nishon tumani irrigatsiya boʻlimi hisobidagi “R-10” kanalining “Nishon istiqboli”, Toshrabot-Oʻrtachoʻl irrigatsiya tizimi boshqarmasi hisobidagi “Yangi ariq” kanalining «Uoba», “Abumuslim” kanalining «Xusharti», Mingbuloq tuman irrigatsiya boʻlimi hisobidagi «Zardaryo» kanalining «Xojiboy», Zardaryo irrigatsiya tizim boshqarmasi hisobidagi “Namangan taqsimlagich” kanalining “X-1-2”, ”X-5”, ”X-5-1”, Oqdaryo tuman irrigatsiya boʻlimi hisobidagi “Yangi Chorjuy” kanalining “Beshlik”, Urgut tumani irrigatsiya boʻlimi hisobidagi «Navruz» kanalining “Gulobod”, Payariq tumani irrigatsiya boʻlimi hisobidagi “Qora ariq” kanalining “Miroshim-1”, “Xasan”, Kattaqoʻrgʻon tuman irrigatsiya boʻlimi hisobidagi “Saroy-2”, Guliston tuman irrigatsiya boʻlimi hisobidagi «Axmad» kanalining “PK-33-00”, “PK-36+00”, Boʻka tuman irrigatsiya boʻlimi hisobidagi “RB-2” kanalining “PK-00”, «Gijgen» kanalining “PK-352+00” suv olish joylari suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlanmagan.
Shuningdek, Namangan viloyati nasos stansiya va energetika boshqarmasi hisobidagi Mingbuloq tumanida joylashgan “Mingbuloq” va “Guliston”, Samarqand viloyat nasos stansiya va energetika boshqarmasi hisobidagi Urgut tumanida joylashgan “Dargʻom-1”, Taxiatosh tumani irrigatsiya boʻlimi hisobidagi “Keneges” kanalining “PK-34+00”, Qumqoʻrgʻon tuman irrigatsiya boʻlimi hisobidagi “MK-1.1” kanalining “Truba-22-Temur”, “Quloq-3R-3”, “Truba-4-Rashid” va “Truba-2”, Toshloq tuman irrigatsiya boʻlimi hisobidagi «Zarken» kanalining “Ramadon”, “Xoʻjaariq” “Xonariq” hamda “Qoratepa-2” suv olish joylarida suvning hisob-kitobi jurnallari yuritilmagan.
Bundan tashqari, Suv isteʼmolchilari uyushmalari, fermer xoʻjaliklari va klasterlar tomonidan ishlatilayotgan sugʻorish tarmoqlaridagi 1539 ta suv olish joylari suvni boshqarish, 1164 ta suv olish joylari suv oʻlchash vositalari bilan jihozlanmagan. 1126 ta suv olish joylarida suvning hisob-kitobi yuritilmaganligi, 1142 ta holatda suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari oʻrtasida suv isteʼmoli boʻyicha shartnomalar tuzilmaganligi aniqlandi.
Oʻrganishlarda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan «Oʻzagroinspeksiya»ning quyi tuzilmalari tomonidan vakolati doirasida huquqbuzarlarga nisbatan 954 ta (339,4 mln.soʻm) maʼmuriy, 1110 ta (1 mlrd. 110 mln.soʻm) jarima sanksiyalar qoʻllanildi. 603 ta holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar koʻrib chiqishlik uchun maʼmuriy sudlarga kiritilishi taʼminlandi.
Oʻz navbatida, tegishli korxona, muassasa, tashkilot rahbariga maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etish sabablari va ularga olib kelgan shart-sharoitlarni bartaraf qilish yuzasidan choralar koʻrish toʻgʻrisida 765 ta yozma koʻrsatma va taqdimnoma kiritildi.
Bundan tashqari, huquqbuzarlik sodir etilishini erta oldini olish maqsadida 3892 ta suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilariga rasman ogohlantirishlar berildi.
Bugungi kunda «Oʻzagroinspeksiya» tomonidan nazorat tadbirlari belgilangan tartibda oʻtkazilib kelinmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring