Oʻzbekistonda terlashni oldini oluvchi ichki kiyim va paypoqlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi

15:37 19 Noyabr 2020 Jamiyat
1857 0

Avvalroq, Innovatsion rivojlanish vazirligi binosida Oʻzbekistonda ilk bora farmatsevtika va tibbiyot sohasida tijoratlashtirishga tayyor boʻlgan ilmiy ishlanmalar koʻrgazmasi ochilgani haqida xabar bergan edik.

Ushbu koʻrgazma talabga mos ravishda vazirlik tomonidan istiqbolli loyihalarga moliyaviy mablagʻ ajratish, intellektual mulkni himoya qilishda yordam koʻrsatish, ilmiy ishlanmaning bozor talablariga javob beradigan prototipini ishlab chiqarish, tarmoqqa tayyor mahsulotni yetkazib berish choralarini koʻrishga koʻmak beradi.

"Biz virusga qarshi paypoqlarimiz bilan ham ishtirok etyapmiz. Ular uchun maxsus eritma oʻylab topilgan. Ishlab chiqarishimiz bugungi kunda institut bazasida yoʻlga qoʻyilgan. 500 litrgacha eritma ishlab chiqarishimiz mumkin. Bizlar ichki kiyimlar yoki paypoqlarga eritma bilan ishlov berganimizda, tarkibida nano kumush zarralar hosil boʻladi. Natijada terlashni oldi olinadi. Kumush nano zarralari barcha mikroblarni oʻldiradi. 


Eritma tayyorlanadi, uning tarkibida kumush hali ion shaklida boʻladi. Ishlov bergandan keyin bizlar metall holatga nano zarrachagacha qaytarishimiz kerak. Agar u ion holatda qoladigan boʻlsa, terini kuydirish xususiyati ham mavjud.

Biz buni eritma shaklida ham, tayyor mahsulotga yoki matoga ishlov berib ham sotuvga chiqarishimiz mumkin", deydi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti katta ilmiy xodimi, texnika fanlari nomzodi Yoʻldoshev Sherzod.

Maʼlumot uchun, ikki kun davom etgan koʻrgazmada Oʻzbekistondagi ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy va innovatsion markazlari tomonidan 100 taga yaqin ilmiy ishlanmalar namoyish etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?