Rossiya oʻrmonidan topilgan oʻzbek bolasi haqiqiy otasini qayta topdi. Unga «metrka» berildi
Rossiyada bir necha oydan buyon oʻrmonda otasi bilan yashayotgan oʻzbek bola topilgani haqida xabar bergan edik.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Moskva viloyatidagi Balashixa oʻrmonidan topilgan Maugli laqabli bolaga tugʻilgan toʻgʻrisidagi guvohnoma berilgan. Bu haqda ushbu hududdagi bolalar huquqlari boʻyicha vakil Kseniya Mishonova 18-noyabr kuni oʻz Instagramida xabar bergan.
“Kun yaxshi yangilik bilan yakuniga yetyapti. Balashixa oʻrmonida yashagan Amal ismli bolakayimiz bugun ikkinchi marta otasini topdi. Bolada hujjatlar boʻlmagani uchun, uning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasiga otasini qayd etish uchun sud qarorini kutish kerak edi. DNK tahlili, hujjatlarni yigʻish va qayta tiklash, majburiy ayriliq ortda qoldi. Oldinda uzoq va baxtli hayot turibdi deya umid qilamiz. Endi hammasi yaxshi boʻladi”, — deb yozadi ombudsman.
Gap shundaki, sud «maugli» bilan birga yashayotgan odamni uning haqiqiy otasi ekanligini tasdiqlagan. Mazkur qaror DNK-test asosida tasdiqlandi va buning uchun zarur hujjatlar toʻplandi. Xayrli ishga Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi ham hissa qoʻshdi. Tez orada erkak kishiga vatanga qaytish toʻgʻrisida sertifikat berilishi kutilyapti.
Eslatib oʻtamiz, sakkiz yoshda deb taxmin qilinayotgan bola bolalar maydonchasida tengdoshlari bilan oʻynash maqsadida borgan vaqtida koʻringan edi. Shundan soʻng u uysizlar yonidagi oʻrmon kulbasida otasi bilan yashashi aniqlangandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring