Oʻzbekiston 2 ming tonnadan ziyod tarvuz eksport qildi
1-iyul holatiga koʻra, qiymati 886,4 ming AQSH dollariga teng boʻlgan 2 068,3 tonna tarvuz mahsuloti xorijga eksport qilindi.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, tarvuz mahsulotining eksporti boʻyicha Rossiya Federatsiyasi 1 179 tonna koʻrsatkich bilan yetakchilik qilmoqda. Lekin bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 228 tonnaga kam.
Bundan tashqari oʻzbek tarvuzlari Belorus, Estoniya, Moʻgʻiliston, Polsha, Qozogʻiston, Tojikiston, Ukraina, Qirgʻiziston hamda Birlashgan Arab Amirliklariga ham eksport qilinmoqda.
Jumladan, Qozogʻistonga 319,2 tonna, Qirgʻiziston Respublikasiga 216,5 tonna, Ukraina 184,5 tonna va Belarus Respublikasiga 148,1 tonna tarvuz eksport qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring