Oʻzbekistonlik gidroenergetiklar Tojikistonda quvvati 140 MVtga teng GES bunyod etadi

Poytaxtimizda Tojikiston Respublikasi delegatsiyasi mehmon boʻlib turibdi.
“Oʻzbekgidroenergo” AJ Axborot xizmati xabar berishicha, bu tashrifdan koʻzlangan asosiy maqsad Tojikiston Respublikasi hududida Zarafshon daryosi boʻyida gidroelektr stansiya bunyod etish loyihasini muhokama qilish va oʻzaro kelishuvga erishishdir.
Bugun qoʻshni davlat delegatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekgidroenergo” AJ rahbariyati bilan Zarafshon daryosida yangi GES qurilishi yuzasidan ishchi tartibda muhokama oʻtkazdi.
Mazkur “Yavan” GES qurish loyihasining dastlabki qiymati 282 mln. AQSH dollariga teng. Uning yakuniy iqtisodiy asosi tasdiqlansa, qurilish ishlariga 2020-yil iyun oyida kirishiladi. Yangi GESning yillik elektr energiyasini ishlab chiqarishi quvvati 140 MVt ga teng.
Tojikiston Respublikasi delegatsiyasi bilan yakuniy-xulosaviy uchrashuv ertaga oʻtkaziladi. Unda ikki tomonlama hamkorlikning kelgusi rejalariga doir masalalar yakuniy tarzda koʻrib chiqiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring