Toshkent hayvonot bogʻi boshqaruvi Wildlife Care nomli xususiy kompaniyaga berilyapti
Bu Vazirlar Mahkamasining shu yil 13-dekabrdagi “Toshkent hayvonot bogʻini kelgusida modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilab qoʻyildi.
Unga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “Toshkent hayvonot bogʻi” davlat muassasasi tashkiliy-huquqiy shaklini masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xoʻjalik jamiyatiga aylantirgan holda, “Wildlife Care” MCHJga ishonchli boshqarishga berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berildi.
Qarorda belgilab qoʻyilganidek:
a) “Toshkent hayvonot bogʻi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining ustav kapitali qayta tashkil etilayotgan “Toshkent hayvonot bogʻi” davlat muassasasi mol-mulklarining qoldiq balans qiymatida shakllantiriladi va jamiyatning ustav kapitalidagi taʼsischi funksiyasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan amalga oshiriladi;
b) Ishonchli boshqaruvchi tomonidan Ishonchli boshqarish shartnomasi talablariga toʻliq rioya etilgan taqdirda, shartnomaning muddati 30 yilgacha uzaytirib boriladi;
v) “Toshkent hayvonot bogʻi” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga aylantirilganda “Toshkent hayvonot bogʻi” davlat muassasasining amaldagi soliq rejimi saqlanib qolinadi;
g) ishonchli boshqaruvchi uchun toʻlanadigan haq miqdori “Toshkent hayvonot bogʻi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining yil yakunlari boʻyicha hisoblanadigan divident hisobidan toʻlanadi;
d) ishonchli boshqaruvchi tomonidan jalb qilingan investitsiyalar auditorlik tashkilotining hisobotiga asosan “Toshkent hayvonot bogʻi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining sof foydasidan qaytariladi;
ye) “Toshkent hayvonot bogʻi” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga “Toshkent hayvonot bogʻi” davlat muassasasi uchun 2019-yilda ajratilgan mablagʻlardan kam boʻlmagan miqdorda byudjet hisobidan mablagʻlar ajratilib boriladi.
Qayd etilishicha, “Toshkent hayvonot bogʻi” davlat muassasasining tashkiliy-huquqiy shakli masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xoʻjalik jamiyatiga aylantiriladi
Ishonchli boshqaruvchi tomonidan bildirilgan quyidagi takliflar esa maʼlumot uchun qabul qilingan:
dastlabki besh yil davomida 5 mln. AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish;
hayvonlar tarkibiy turini koʻpaytirish;
yangi volyerlarni qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish;
hayvonlar uchun reabilitatsiya markazini tashkil etish va hayvonot bogʻi ishchilarining malakasini oshirish uchun oʻquv markazini tashkil etish;
zamonaviy audio-video vizualizatsiyasini joriy etish va boshqalar.
Bunday islohot bejizga emas. Sababi, maʼlumotlarga koʻra, bugungi kunda hayvonot bogʻi uchun davlat kompaniyasi masʼuli boʻlib, bu nafaqat dunyo standartlariga javob bermaydi, balki u zarar koʻrayotgan tashkilot hamdir(oxirgi yillarda unga davlat byudjetidan 22,7 mlrd. soʻm ajratilgan).
Binobarin, qaror bilan hayvonot bogʻini rivojlantirish konsepsiyasi ham tasdiqlandi. Natijada u hozirgi zarar koʻrayotgan muassasadan dunyo andozalariga mos keladigan(onlayn-chiptalar, merchendayzing, mobil ilovalar, hayvonlarni saqlash uchun sharoitlarni yaxshilash, ularni parvarishlashning yangi darajasi va hokazo) va foyda koʻradigan korxonaga aylanadi.
Konsepsiya uchta bosqichga boʻlingan:
2020-2021-yillar. Hayvonot bogʻi holatini har tomonlama tahlil qilish, rekonstruksiya uchun ustuvor obyektlarni aniqlash
2021-2022-yillar. Hayvonot bogʻini bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilish, uning jozibadorligini oshirish.
2022-2024-yillar. Barcha rejalashtirilgan qurilish va boshqa ishlarni yakunlash.
2024-2029-yillar. Infratuzilmani yangilash, sharoitlarni yaxshilash, zaruratga qarab hayvonot bogʻini hududini kengaytirish.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Oʻzbekistonga nechta davlatdan turistlar kelayotgani ochiqlandi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring