Bosh prokuratura R.Qodirov, O.Murodov va B.Isomov haqida maʼlumot berdi.
Foto: "Xalq so'zi"
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida jurnalistlar uchun brifing boʻlib oʻtdi. Unda ushbu idoraning 2019-yil dastlabki olti oyidagi faoliyati muhokama qilindi. Bosh prokuratura Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi boshligʻi Hayot Shamsuddinov jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi, deb xabar berdi tadbirda ishtirok etgan muxbirimiz.
Xususan, H.Shamsuddinovning aytishicha, sobiq bosh prokuror Otabek Murodov DXXning sobiq rahbari Ixtiyor Abdullayev ishi doirasida tergov qilinmoqda. U ishning qolgan qismi tergov siri boʻlgani uchun, izoh bera olmasligi, ammo rasmiy maʼlumot chiqishi bilan bu haqda xabar qilinishini qoʻshimcha qildi.
Onlayn nashrimizda sobiq prokuror O.Murodovga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgani haqida xabar bergandik.
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi boshligʻi yana bir sobiq bosh prokuror Rashid Qodirov haqida berilgan savolga aniq javob bermaydi.
Xabaringiz bor, davlat rahbari 2018-mayida Andijon viloyatiga tashrifi chogʻida R.Qodirov ishi haqida toʻxtalib oʻtgan edi: “Mana, Rashid Qodirov guruhi bilan qamoqda oʻtiribdi. Million-million dollarlarni qaytaryapti. 2-3 oydan keyin uning oʻzi televideniye orqali barchani qanday poraxoʻr qilganini aytib beradi. Har bir tuman prokuroridan 30-40 ming AQSH dollari olgan. Hozir u barchasini qaytaryapti. Birgina oʻgʻli milliarder. Boshqa tashkilotlar rahbarlari ham, MXX (hozirgi DXX)ning 5 sobiq oʻrinbosarlari ham qamoqda. Ularning hammasi oʻgʻri. Qanday boʻlmasin, men hammasini joyiga qoʻyaman.
Ularning hammasi Boltiqboʻyida uylar qurgan. Hatto Amir Temur bunaqa uylarda yashamagan. Bu kimning pullari – xalqniki. Shu boisdan ham prokuraturada 70 foiz xodim almashdi. Men hammani kechiraman, ammo oʻgʻri va xoinlarni kechirmayman. Mana shuni xalqim bilishi kerak”. Prezident oʻshanda R.Qodirovning oʻzi televideniye orqali korrupsiya haqida, “yashirin sxemalar” xususida gapirib berishini aytgan edi.
R.Qodirov qachon oynai jahon orqali oʻz qilmishlari haqida hikoya qilib berishi haqida berilgan savolga H.Shamsuddinov javob bera olmasligini bildirgan.
Oʻz navbatida H.Shamsutdinov Yakkabogʻ tuman hokimi oʻrinbosarini yoqib yuborgan tadbirkor Bahriddin Isomov Toshkentdagi 1-sonli tergov izolyatoriga joylashtirilgani, hozirda u 15 kunlik karantinda ekanligi, tergov natijasida hammasi aniq boʻlishini aytib oʻtgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Ona tili va adabiyot fanidan mustaqil oʻqish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlar roʻyxati eʼlon qilindi
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring