“Beshqoʻrgʻon” bozoridagi yongʻinda jarohatlanganlar yoʻq – FVV
Maʼlumki, kecha, 5-aprel kuni Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan “Beshqoʻrgʻon” bozorida yirik yongʻin sodir boʻlgan edi. Qutqaruv ekipajlari voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, soat 15:56 da boshlangan yongʻinni soat 18:18 da toʻliq oʻchirgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ushbu yongʻin oqibatida tan-jarohati olganlar toʻgʻrisida xabar kelib tushmaganini maʼlum qilgandi. Shundan soʻng ijtimoiy tarmoqlarda yongʻin tufayli jarohat olganlar bor mazmunidagi xabarlar keng tarqaldi.
Vazirlik shu mazmundagi xabarlarga munosabat bildirib, yongʻin oqibatida hech kim jarohatlanmagani toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumot berdi.
“Mamlakatimizdagi ayrim elektron nashrlar va blogerlardan maʼlumotlarni notoʻgʻri talqin qilmaslik, balki mavjud maʼlumot va axborotlardan unumli hamda oqilona foydalanishni soʻrab qoladi”, — deyiladi FVV bayonotida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring