“Osmoni falaklarda” filmi premyerasi boʻlib oʻtdi

11:02 22 Mart 2026 Jamiyat
335 0

Oʻzbekiston Milliy kino sanʼati saroyida Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida “SHB” studiyasi tomonidan suratga olingan “Osmoni falaklarda: Aviaparvozning yagona qurboni” nomli badiiy filmning tantanali taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbirda Kinematografiya agentligi mutasaddilari, tegishli idoralar vakillari, kino ijodkorlar, sanʼat fidoyilari, kino ixlosmandlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Tadbir doirasida mehmonlar Oʻzbekiston Kino sanʼati muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishib, milliy kino merosining boy tarixi va bugungi taraqqiyoti haqida batafsil maʼlumotga ega boʻlishdi.

Tadbirni Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev ochib, film haqida maʼlumotlar berdi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Shundan soʻng asar va ssenariy muallifi Xayriddin Sultonov, rejissyor Jahongir Qosimov soʻzga chiqib, yurtimizda kino sanʼati rivojlanayotgani, navbatdagi ushbu film ham bu yoʻldagi ishlarning mantiqiy davomi ekanini qayd etdi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Taʼkidlanganidek, mazkur film oʻzining chuqur dramatik syujeti, inson taqdiri, ruhiy kechinmalar va hayot sinovlari orqali yoritilgan falsafiy mazmuni bilan alohida ajralib turadi.

Asarda aks etgan voqealar tomoshabinni teran mushohada qilishga undaydi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Filmda bosh rollarni mahoratli aktyorlar Yulduz Rajabova va Merdan Matveliyev ijro etgan boʻlib, ularning obrazlari orqali insoniy tuygʻular, fidoyilik va sinovlarga bardoshlilik yorqin ifoda etilgan.

Ahamiyatlisi, ushbu badiiy asar Navroʻz ayyomi munosabati bilan tomoshabinlarga oʻziga xos bayram tuhfasi sifatida taqdim etildi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

“Osmoni falaklarda: Aviaparvozning yagona qurboni” filmi nafaqat kino ixlosmandlari, balki keng jamoatchilik uchun ham chuqur taʼsir uygʻotuvchi, oʻyga chorlovchi va ilhom baxsh etuvchi asar sifatida eʼtirof etilmoqda.

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер