Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”
Prezident Shavkat Mirziyoyevning meʼmoriy gʻoya va takliflari asosida loyihalashtirilgan, Toshkentning mashhur Hazrati Imom majmuasi hududidagi 10 gektar maydonda barpo etilgan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tashrif buyuruvchilar uchun ochilmoqda.
Mazkur markaz oʻzining mahobati, maydoni va qamroviga koʻra, dunyoda islom tarixi, madaniyati va sivilizatsiyalarini oʻrganish hamda targʻib etishga qaratilgan yirik majmualardan biri hisoblanadi. U xalqimizning uch ming yillik tarixi, bunyodkorlik salohiyati, jahon tamadduniga qoʻshgan ulkan hissasi, buyuk ajdodlarimizning madaniy-maʼrifiy merosini chuqur oʻrganish va keng ommalashtirishga xizmat qiladi.
Zamonaviy Oʻzbekistonning eng yirik madaniy va ilmiy loyihalaridan biri hisoblangan Islom sivilizatsiyasi markazi Navroʻz bayrami kunlarida tashrif buyuruvchilar uchun ochiladi va rasman ishga tushirilgandan keyin doimiy faoliyat yuritadi.
Markaz har kuni 09:00 dan 22:00 gacha, dam olish kunlarisiz ishlaydi. Shuning uchun bu yerga ish kunidan keyin ham kirib oʻtish, oila aʼzolari va bolalarni olib kelib, tarix olamida kechki sayr qilish mumkin.
Biletni qayerdan xarid qilish mumkin?
Markazga tashrif elektron yoki qogʻoz biletlar orqali amalga oshiriladi. Biletlarni iTicket.uz onlayn platformasi orqali yoki majmuaga kirish joyida joylashgan kassalardan sotib olish imkoni yaratilgan.
Har bir elektron biletda tashrif sanasi va vaqti koʻrsatilgan QR-kod mavjud boʻlib, uni telefonda koʻrsatish yoki chop etilgan holda taqdim etish kifoya — kirishda bilet turniketda bir necha soniya ichida skaner qilinadi.
Kirish narxi qancha?
Markazda turli toifadagi tashrif buyuruvchilar uchun differensial kirish biletlari tizimi joriy etilgan. Asosiy toifalar:
• Standart bilet (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun guruh bilan)
Narxi — 60 000 soʻm, tashrif davomiyligi — 2 soat.
• Individual (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun, kun davomida)
Narxi —120 000 soʻm.
• Bolalar bileti (13–18 yosh, Oʻzbekiston fuqarolari uchun guruh bilan)
Narxi — 25 000 soʻm, tashrif davomiyligi — 2 soat.
Shuningdek, turistik bilet (chet el fuqarolari uchun, guruh bilan)
Narxi — 25 AQSH dollari (Markaziy bank kursi boʻyicha) + 10 AQSH dollari gid xizmatlari bilan tarqatma materiallar ichida, tashrif davomiyligi — 2 soat.
• Bolalar bileti (13–18 yosh, chet el fuqarolari uchun, guruh bilan)
Narxi — 20 AQSH dollari, tashrif davomiyligi — 2 soat.
Individual (chet el fuqarolari uchun, kun davomida)
Narxi — 50 AQSH dollari.
Ekskursiya guruhlari 30 nafargacha shakllantiriladi. Bu ekspozitsiyalar bilan qulay va tartibli tanishish imkonini beradi.
Tashrif qancha vaqt davom etadi?
Markazni ziyorat qilishning oʻrtacha davomiyligi guruhlar uchun taxminan ikki soatni tashkil etadi. Ekskursiyalar oʻzbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi.
Qanday qoidalarga rioya qilish kerak?
Islom sivilizatsiyasi markazi mintaqa tarixi, ilmiy merosi va maʼnaviy qadriyatlariga bagʻishlangan madaniy makondir. Shu bois tashrif buyuruvchilar quyidagilarga rioya qilishi shart:
• jamoat tartibi qoidalariga amal qilish
• ekspozitsiyalarga hurmat bilan munosabatda boʻlish
• diniy hududlarga kirishda belgilangan kiyinish qoidalariga rioya qilish
Markaz hududida quyidagilar taqiqlanadi:
• ruxsatsiz eksponatlarga tegish
• fotosuratga olishda chaqnash (vspishka)dan foydalanish
• ruxsatsiz ekskursiyalar oʻtkazish
• maʼmuriyat ruxsatisiz tijorat faoliyati bilan shugʻullanish
Tashrif qoidalari bilan qayerda tanishish mumkin?
Tashrif tartib-qoidalarining toʻliq matni bilan quyidagi joylarda tanishish mumkin:
• Islom sivilizatsiyasi markazining rasmiy saytida https://iccu.uz/
• iTicket.uz platformasida https://iticket.uz/
• Markazning kassa hududida va kirish qismida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Bir asrlik tarixga guvoh bino taqdiri
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring