Shayxontohurdagi xonadonda yongʻin yuz berdi (+video)
Ijtimoiy tarmoqlarda Shayxontohur tumanida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida xabarlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, bugun, 16-fevral kuni soat 20:51 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani, Beltepa koʻchasida joylashgan shaxsiy xonadonda yongʻin sodir boʻlgan. Mazkur holat yuzasidan yordam zarurligi toʻgʻrisida poytaxt FVBBga murojaat kelib tushgan.
Ushbu murojaatga asosan qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 20:54 da yetib borib, yongʻin 21:29 da toʻliq olingan hamda 21:38 da toʻliq oʻchirilgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yongʻin oqibatida jarohatlanganlar haqida maʼlumot kelib tushmagan. Hozirda holat Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi nazoratiga olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring