Tramp: Zelenskiy AQSHning tinchlik rejasini maʼqullashiga toʻgʻri keladi
AQSH prezidenti Donald Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga urushni yakunlash boʻyicha AQSH taklif qilgan reja baribir maʼqul boʻlishi kerakligini aytdi. Uning soʻzlarini TASS keltirgan.
“Bizda tinchlikka erishishning yoʻli bor, u bu rejani maʼqullashiga toʻgʻri keladi”, — dedi Tramp Oq uyda jurnalistlar bilan suhbat davomida.
Trampdan, agar Zelenskiy rejani maʼqullamasa, AQSH Ukrainaga koʻmakni toʻxtatadimi, deb soʻrashdi.
“Ertami-kechmi unga nimanidir qabul qilishga toʻgʻri keladi”, — deya javob berdi Amerika rahbari va Kiyevning tezroq qaror qilishi lozimligini urgʻuladi.
Bundan avval Ukraina Oliy Radasi deputati Aleksey Goncharenko AQSH tomonidan taklif etilgan tinchlik rejasini eʼlon qilgandi. Ushbu reja 28 banddan iborat boʻlib, ular orasida Ukraina NATOga kirmasligi, hujjat imzolangandan 100 kun oʻtib saylov oʻtkazilishi va Qrim, Lugansk hamda Doneskning de-fakto Rossiya tarkibida mustahkamlanishi kabi talablar bor.
Zelenskiy esa Ukraina urushni tugatish boʻyicha AQSH va boshqa hamkorlar bilan ishlashini, konstruktiv yechimlar izlashini hamda Vashingtonning tinchlik rejasidagi talablar oʻrniga muqobil takliflar berishini maʼlum qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring