Toshkent viloyatida fermer xoʻjaligi yerini 54 ming dollarga sotishga uringanlar ushlandi
Foto: Prokuratura departamenti
Toshkent viloyatida fermer xoʻjaligining 6 sotix yer maydonini 54 ming dollarga sotmoqchi boʻlgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentining Qibray tumani boʻlimi hamda DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar R.S. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) va M.T. fuqaro F.Sh. ning ishonchiga kirib, tumandagi “I.O.” fermer xoʻjaligining sugʻoriladigan yer maydonining goʻyoki toifasini oʻzgartirib, 6 sotixini 54 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, shundan 25 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring