Oʻzbekistonda 9 oyda 1,3 mingdan ortiq kishi YTH sabab halok boʻldi
Arxiv foto
Oʻzbekistonda 2025-yilning yanvar sentyabr oylarida rasman qayd etilgan yoʻl-transport hodisalarida 1303 kishi vafot etdi. Bu haqda Senatning 1-noyabr kuni boʻlib oʻtgan oʻn birinchi yalpi majlisida Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi Qutbiddin Burxonov maʼlum qildi.
Burxonovning qayd etishicha, ushbu davr mobaynida respublikadagi umumiy yoʻl-transport hodisalari oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 3,8 foizga — 6127 tadan 5895 taga (232 taga), tan jarohati bilan bogʻliq holatlar 3,5 foizga — 4759 tadan 4592 taga — 167 taga, oʻlim bilan bogʻliq holatlar 4,8 foizga — 1368 tadan 1303 taga — 65 taga, piyodalar ishtirokida sodir etilgan yoʻl-transport hodisalari soni esa 2855 tadan 2689 taga yoki 5,8 foizga kamaygan.
Senatorning taʼkidlashicha, avariyalar dinamikasidagi pasayishga quyidagi omillar taʼsir koʻrsatgan:
• haydovchilar va piyodalarning yoʻl harakati qoidalariga rioya etish madaniyatini oshgani;
• haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirilgani;
• yoʻl harakatining tashkil etilishini toʻliq raqamlashtirishga qaratilgan huquqiy asoslar yaratilgani.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring