ChatGPTʼga huquqiy va tibbiy masalalarda maslahat berish taqiqlandi

10:34 03 Noyabr 2025 Dunyo
323 0

“OpenAI” oʻz xizmatlaridan foydalanish siyosatini yangiladi. Endilikda ChatGPT foydalanuvchilarga huquqiy yoki tibbiy yoʻnalishda maslahat bera olmaydi. Mazkur cheklov kompaniyaning rasmiy saytida eʼlon qilingan.

Taqiq faqat shu ikki yoʻnalish bilan cheklanmaydi. Endi ChatGPT quyidagi sohalarda ham maslahat bera olmaydi:

— taʼlim,

— uy-joy masalalari,

— bandlik va ishga joylashuv,

— moliya va kreditlash,

— sugʻurta,

— “muhim davlat xizmatlari” bilan bogʻliq masalalar.

Shuningdek, chatbot migratsiya va milliy xavfsizlik masalalari boʻyicha ham maslahat bera olmaydi.

“Biz foydalanuvchilardan xizmatlarimizdan toʻgʻri foydalanishni talab qilamiz. Qoidalarni buzish yoki xavfsizlik choralariga rioya qilmaslik tizimlardan foydalanish huquqining bekor qilinishiga yoki boshqa choralarga olib kelishi mumkin”, — deyiladi bayonotda.

Bundan tashqari, “OpenAI” xizmatlaridan tahdid qilish, qoʻrqitish, taʼqib oʻtkazish, tuhmat qilish, oʻz joniga qasd qilish yoki ovqatlanish buzilishi bilan bogʻliq targʻibot, jinsiy zoʻravonlik, terrorizm, qurol yaratish yoki xarid qilish, shuningdek, pul tikish kabi maqsadlarda foydalanish qatʼiyan man etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер