“Real Madrid” himoyachisi yana jarohat oldi

09:42 28 Oktyabr 2025 Sport
290 0

“Real Madrid” sardori Dani Karvaxal yana jarohat oldi. Bu haqda “Marka” nashri xabar berdi.

Manbada yozilishicha, Dani Karvaxal “El-Klassiko”da hech qanday jarohat olmagan. Ammo oʻyindan bir necha soat oʻtib, oʻzida noxushlik his qilgan.

Klub shifokorlari futbolchining holatini tekshirib, uning tizzasidagi jarohat yangilanganini maʼlum qilishgan.

Shuningdek, tibbiyot xodimlari Karvaxalga artroskopiya amaliyoti kerak ekanini va shuni hisobga olgan holda futbolchi 2–3 oy maydonga tusha olmasligini taxmin qilishgan.

Maʼlumot uchun, Dani Karvaxal “Barselona”ga qarshi oʻyinning 72-daqiqasida zaxiradan maydonga tushirilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер