Rossiyaning “Novorossiysk” suv osti kemasi uyiga yoʻl oldi

NATO bosh kotibi tomonidan masxara qilingan Rossiyaning “Novorossiysk” suv osti kemasi Boltiq dengiziga yetib bordi. 2013-yilda ishga tushirilgan B-261 “Novorossiysk” dizel-elektr suv osti kemasi Femarn orolidan taxminan 11 km/soat tezlikda oʻtgani maʼlum qilindi. U Oʻrta yer dengizidan Rossiyaga qaytmoqda.
Kemaga nisbatan aniq nosozlik sabablari ochiqlanmagan, ammo maʼlumotlarga koʻra, undan vaqt-vaqti bilan tutun chiqqani kuzatilgan. Katta ehtimol bilan “Novorossiysk” endilikda toʻliq suv ostida harakatlana olmaydi. Rossiyalik harbiy blogerlar bu holat yonilgʻi tizimidagi muammolar bilan bogʻliq boʻlishi mumkinligini bildirishgan.
NATO maʼlumotlariga koʻra, “Novorossiysk” suv osti kemasi 26-sentyabrdan beri kuzatuv ostida. U Gibraltar boʻgʻozidan oʻtganidan keyin avval fransuz, hozir esa Britaniya harbiy kemasi hamrohligida Rossiyaga qarab harakatlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring