Tramp Venesuela hukumatiga qarshi maxfiy operatsiyalar oʻtkazishga ruxsat berdi

AQSH prezidenti Donald Tramp Markaziy razvedka boshqarmasiga (CIA) Venesuela hukumatiga qarshi yashirin operatsiyalar oʻtkazish vakolatini bergani maʼlum boʻldi. Bu haqda Interfaks xabar berdi.
Trampning soʻzlariga koʻra, bu qaror ikki sababga koʻra qabul qilingan:
“Men bunga ikki sabab bilan ruxsat berdim. Birinchisi — ular oʻz qamoqxonalardagi mahbuslarni Qoʻshma Shtatlarga yuborishgan. Ikkinchisi esa — giyohvandlik. Venesueladan bizga juda koʻp narkotiklar kirib kelmoqda,” — dedi AQSH prezidenti.
Avvalroq xorijiy OAV Tramp maʼmuriyati CIAʼga Venesuela hukumati va uning vakillariga qarshi yashirin operatsiyalar oʻtkazish huquqini bergani haqida xabar tarqatgan edi.
Manbalarga koʻra, maxsus xizmat xodimlariga ayrim shaxslarni jismonan yoʻq qilish, Karib dengizi mintaqasida mustaqil yoki kengroq harbiy operatsiyalar doirasida harakat qilish vakolati berilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring