Isroil kelishilgan pozitsiyalarga Gʻazodagi qoʻshinlarini olib chiqishni boshladi — “The Times of Israel”

Foto: The Times of Israel
Isroil armiyasi barcha garovga olinganlarni ozod qilish boʻyicha Falastinning HAMAS radikal harakati bilan sulh doirasida kelishilgan joylashtirish liniyalariga Gʻazo sektoridan qoʻshinlarini olib chiqishni boshladi. Bu haqda “The Times of Israel” nashri xabar berdi.
Nashrning yozishicha, baʼzi boʻlinmalar anklavdan toʻliq olib chiqiladi, boshqalari esa kelishilgan joylashtirish liniyalari boʻyicha pozitsiyalarda qoladi. Baʼzi hududlarda qoʻshinlarni olib chiqish artilleriya va havo himoyasi ostida amalga oshirildi.
Qoʻshinlarni olib chiqish joriy yilning 10-oktyabr kuni kechki payt, Isroil hukumati HAMAS bilan kelishuvni maʼqullaganidan 24 soat oʻtib yakunlanadi. Ushbu manevr tugagandan soʻng, Isroil Falastin anklavining 53 foiz hududini, asosan shaharlardan tashqarida nazorat qiladi. Bunga Isroilning Gʻazo sektori bilan chegarasidagi bufer zonasi hamda Misr va Falastin anklavlari oʻrtasidagi Filadelfiya koridori kiradi. Bundan tashqari, Isroil qoʻshinlari Gʻazo sektori shimolidagi Bayt-Laxiya va Bayt Xanun hududlarida hamda janubdagi Rafah va Xon Yunisning ayrim qismlarida qoladi.
Shu yilning 10-oktyabrga oʻtar kechasi Isroil hukumati “barcha garovga olinganlarni – tirik va oʻliklarni ozod qilish boʻyicha kelishuv”ni maʼqullagandi. Bu yahudiy davlati Bosh vazir Benyamin Netanyahuning idorasi xabar berdi. 9-oktyabr kuni AQSH prezidenti Donald Tramp Isroil va HAMAS vakillari Misrdagi muzokaralar natijasida tinchlik rejasining birinchi bosqichi boʻyicha kelishuvga erishganini maʼlum qildi. Uning taʼkidlashicha, bu bosqich yaqin kelajakda barcha garovga olinganlarni ozod qilish va Isroil qoʻshinlarini Gʻazo ichidagi kelishilgan chiziqqa olib chiqishni nazarda tutadi.
Shu kuni kechqurun Isroil hukumati matbuot kotibi Shosh Bedrosyan brifingda anklavdagi oʻt ochishni toʻxtatish vazirlar mahkamasi ushbu kelishuvlarni tasdiqlaganidan keyin 24 soat ichida kuchga kirishini maʼlum qildi. Oʻsha paytda Isroil qoʻshinlari Gʻazoning markaziy qismidan olib chiqilib kelishilgan chiziqqa joylashtiriladi. Uning aniqlik kiritishicha, anklav hududining 53 foizi Isroil harbiylari nazorati ostida qoladi. Keyin 72 soatlik oyna ochiladi. Bu vaqt ichida barcha isroillik garovga olinganlar uylariga qaytariladi. Bu 13-oktyabrgacha amalga oshishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring