Fargʻonada yuk avtomobili yonib ketdi

12:17 10 Oktyabr 2025 Jamiyat
150 0

Foto: Fargʻona viloyati FVB

Fargʻona viloyatining Yozyovon tumanida yuk avtomobili yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bugun, 10-oktyabr kuni soat 06:02 da “Yangi Boʻston” MFY hududidan oʻtuvchi A-373 Andijon–Toshkent yoʻnalishida harakatlanib ketayotgan “Volvo” rusumli furada yongʻin sodir boʻlgan.

Yongʻin oʻchirish ekipajlari voqea joyiga soat 06:22 da yetib kelgan. Yongʻin 06:23 da oʻrab olinib, 06:26 da toʻliq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Qayd etilishicha, hozirda yongʻinning kelib chiqish sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер