Oʻqituvchilar uchun B2 darajali sertifikat majburiy boʻladi, ayrim TESOL va TEFL sertifikatlari endi imtiyoz bermaydi

Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qaror imzolandi. Bu haqida “Taʼlim nazorati” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, ushbu qaror besh bobdan iborat boʻlib, 3-bobi imtiyozlar taqdim etilishi ikki qismga ajratilgan, bular:
- Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim uchun;
- Oliy taʼlim uchun.
Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim uchun quyidagi sertifikatlar qoʻshilgan:
- International Test of English Proficiency (iTEP Academic — Plus) — B2, C1 va C2 darajalari;
- Aptis ESOL for Teachers — B2 va C1 darajalari;
- TELC (nemis tili) — Deutsch B2, Deutsch C1 va Deutsch C2 darajalari.
Shuningdek, endilikda Teaching Knowledge Test (TKT), Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL), Teaching English as a Foreign Language (TEFL) hamda Teaching English as a Second Language (TESL) sertifikatlari xorijiy tillar oʻqituvchilarini ishga qabul qilish jarayonida inobatga olinmaydi.
Endilikda umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga xorijiy tillar oʻqituvchilari lavozimlariga ishga yangi qabul qilinayotgan talabgor kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikatga ega boʻlishi lozim.
Barcha Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL), Teaching English as a Foreign Language (TEFL), Teaching English as a Second Language (TESL) sertifikatlari oʻqituvchi (trener) bilan kamida 100 kontakt soat shugʻullanishi va kamida 40 soatlik oʻqituvchi-pedagogik amaliyotini qamrab olishi, bunda amaliyot qismi instruktor tomonidan kuzatilib baholanishi zarur. Instruktor tomonidan kuzatilib baholanishi tasdiqlanmagan TESOL,TEFL, TESL sertifikatlariga imtiyoz taqdim etilmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring