Isroilning Gʻazo sektoridagi harbiy harakatlari toʻxtagani yoʻq – BILD

20:02 05 Oktyabr 2025 Dunyo
206 0

Oʻt ochishni toʻxtatish va Gʻazo sektoridagi garovga olinganlarni ozod qilish boʻyicha muzokaralar ertaga, 6-oktyabr kuni Misrda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Biroq Isroilning Gʻazo sektoridagi harbiy harakatlari haligacha toʻxtagani yoʻq, deb xabar bermoqda “BILD” nashri.

Unda aytilishicha, Isroil hukumati vakillari bugun, 5-oktyabr kuni oʻt ochishni toʻxtatish va Gʻazo sektoridagi garovga olinganlarni ozod qilish boʻyicha muzokaralarda ishtirok etish uchun Misrga joʻnab ketadi.

Maʼlum boʻlishicha, Gʻazo sektoridagi Isroil kuchlari harbiy harakatlarni qisqartirgan, biroq butunlay toʻxtatgani yoʻq. Bildirilishicha, Isroil harbiylari mudofaa maqsadida Gʻazo sektoridagi faoliyatini toʻliq toʻxtatmagan.

HAMAS harakatining yuqori martabali vakilining bildirishicha, AQSH prezidentni Donald Tramp tomonidan ilgari surilgan tinchlik rejasi HAMAS uchun ham manfaatli boʻlishi mumkin.

Harakatning yuqori martabali mulozimiga koʻra, HAMAS garovga olinganlarni ozod qilishga tayyor. Shuningdek, harakat Gʻazodagi urushni tugatish uchun Misrda oʻtkazilishi rejalashtirilgan muzokaralarda kelishuvga erishishga umid qilmoqda.

Isroil mudofaa vaziri Israel Kasning bildirishicha, agar HAMAS Gʻazo sektoridagi garovga olinganlarni ozod qilishdan bosh tortsa, Isroil harbiylari HAMAS toʻliq magʻlub boʻlgunga qadar hujumlarni kuchaytiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер