Fabritsio Romano tasdiqladi: Oʻzbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi maʼlum

21:37 02 Oktyabr 2025 Sport
251 0

Italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Insayderning maʼlumot berishicha, tomonlar shartnoma boʻyicha ogʻzaki kelishuvga erishgan. Yaqin 2 kun ichida barcha hujjatlar rasmiylashtiriladi.

Eslatib oʻtamiz, Fabritsio Romano dushanba kuni Fabio Kannavaroning Oʻzbekiston milliy terma jamoasi boshqaruviga kelishga rozi boʻlgani haqida xabar bergandi.

Maʼlumot uchun, Fabio Kannavaroga Osiyo futboli begona emas. U turli yillar davomida “Shabab Al-Ahli”, “Al-Nasr”, “Guanchjou Evergrand” kabi klublarda, shuningdek, Xitoy milliy terma jamoasida ishlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер