Yevropadagi eng yirik qurol ishlab chiqaruvchi kompaniya sirli mijozdan katta hajmdagi buyurtma qabul qildi

Germaniyaning “Rheinmetall” qurol ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Sharqiy Yevropada joylashgan davlatlardan biridan katta hajmdagi buyurtma qabul qilgan. Bu haqida “Bild” nashri xabar berdi.
Unda aytilishicha, Yevropaning eng yirik qurol ishlab chiqaruvchisi hisoblangan “Rheinmetall” kompaniyasi AQSH bilan shartnoma asosida Sharqiy Yevropa davlatlaridan biriga katta miqdorda artilleriya oʻq-dorilarini yetkazib berish boʻyicha shartnoma imzolagan.
Maʼlumotlarga koʻra, sirli mijozdan olingan buyurtma yuzasidan tuzilgan shartnomaning umumiy qiymati taxminan 444 million yevroni tashkil qiladi.
“Rheinmetall” kompaniyasi xaridor mamlakat nomini oshkor etmagan. Maʼlumotlarga koʻra, tuzilgan bitim doirasida qurol-yaroqlarni yetkazib berish 2026-yilda boshlanib, 2027-yilning iyun oyida yakunlanishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
- Sardobaning siri nimada?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring