Poytaxtdagi yana bir koʻcha uch kunga yopildi

Shota Rustaveli koʻchasida taʼmirlash ishlari munosabati bilan 26-sentyabr soat 17:00 dan 29-sentyabr soat 07:00 gacha Janubiy vokzal – Sergeli (“Oʻzgarish” koʻprigi) yoʻnalishida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqida poytaxt transport bosh boshqarmasi xabar berdi.
Avtomobillar harakati vaqtincha cheklangan ushbu manzil orqali harakatlanuvchi avtobus yoʻnalishlarida vaqtinchalik quyidagi oʻzgarishlar kiritilgan:
- 32- va 59-sonli avtobus yoʻnalishlari: Gavhar, Doʻmbirobod, Kichik halqa yoʻli koʻchalari orqali harakatlanadi.
- 8, 38, 40, 48, 57, 58, 59, 62, 75, 84, 105, 126, 131-sonli avtobus yoʻnalishlari: Yangi Sergeli yoʻli, THAY, Fayzli Toshkent, Kichik halqa yoʻli koʻchalari orqali harakatlanadi.
“Taʼmirlash ishlari davomida tirbandliklar yuzaga kelishi mumkin. Shunga koʻra, avtobus yoʻnalishlariga qoʻshimcha oʻzgarishlar kiritilishi ehtimoldan holi emas”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, avtobuslarning qatnov vaqti hamda oraliq vaqti odatdagidan uzoqroq boʻlishi mumkinligi ham eslatib oʻtilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring