“Prava” olib berish va qayta tiklashni vaʼda qilgan “uddaburonlar” qoʻlga tushdi

12:00 26 Sentyabr 2025 Jamiyat
76 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bagʻdod tumani boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida “Vatanparvar” tashkiloti Buvayda tumani boʻlimi inspektori Z.T. fuqaro T.Z.ni haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihondan oʻtkazib, “V.” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Shu kabi yana bir holat, departamentning Qonlikoʻl tumani boʻlimi va IIV xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlangan.

Unga koʻra, fuqaro I.Sh. fuqaro A.Q.ning ishonchiga kirib, uning sud qaroriga asosan bekor qilingan haydovchilik guvohnomasini goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali qayta tiklab berish evaziga 1 ming 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер