Andijonda “Nexia-2” maktab oʻquvchisini urib ketdi

Videodan kadr
Andijon shahrida “Nexia-2” rusumli avtomashina haydovchisi 10 yoshli maktab oʻquvchisini urib ketdi. Viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, voqea kecha, 25-sentyabr kuni soat 15:35 larda Andijon shahar “Bogʻishamol” MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yoʻlining 342 kilometrida roʻy bergan. 1993-yilda tugʻilgan haydovchi N.D. “Nexia-2” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyidan yoʻlni kesib oʻtayotgan piyoda, 2015-yilda tugʻilgan I.D.ni urib yuborgan.
Ushbu YTH oqibatida piyoda yengil tan jarohati olib RShTTYoIAMga murojaat qilgan.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring