Oʻzbekiston navbatdagi “Boeing -787-8 Dreamliner” yoʻlovchi avialaynerini qabul qabul qilib oldi

Foto: Hakim Yoʻldoshev/“Xalq soʻzi”.
Avialayner raqobatdooshlik va parvozlar xavfsizligini taʼminlash maqsadida MAK aviaparkini zamonaviy aviatsiya texnikalari bilan yangilash va kengaytirish maqsadidagi investitsion loyiha doirasida sotib olingan.

Yangi samolyot avvalgi uchta “Boeing -787-8 Dreamliner“ kabi ishlab chiqaruvchi zavodidan keltirildi. Shuningdek, unda yonilgʻi sarflash samaradorligini oshirish, shovqin darajasini pasaytirish va atmosferaga CO2 gazining ajrab chiqishini kamaytirish imkonini beruvchi “GE Aviation” kompaniyasining “ GEnx-1B”dvigatellari oʻrnatilgan. Avialayner biznes klassda 24 nafar, ekonom klassda esa 222 nafar jami 246 yoʻlovchini tashishga moʻljallangan.

Unda yoʻlovchilar uchun maksimal qulayliklar yaratilgan. Shinam samolyot sahni, qulay va keng oʻrindiqlar, yangi pol qoplamlari, yoritish va tovush izolyatsiyasi, individual koʻngilochar dasturli HD sensorli monitorlar yoʻlovchilarga parvoz davomida ajoyib taassurot qoldiradi.

Taʼkidlash joizki, navbatdagi “havo kema”si MAK tomonidan ekspluatatsiya qilinayotgan boshqa uchta Dreamlinerdan internetga kirish uskunalari mavjudligi bilan farqlanadi. Bu aviakompaniyaning “bortda internet” xizmatidan foydalanish mumkin boʻlgan uchinchi layneridir. Parvozdagi aloqa provayderi MAKning “Airbus- A320neo” samolyotiga ham provayderlik qilgan, (Inflight Entertainment and Connectivity) koʻngilochar dasturlar va aloqa tizimini oʻrnatgan “Panasonic Avionics Corporation”kompaniyasi hisoblanadi.

”Boeing- 787-8 Dreamliner"ning Markaziy Osiyodagi birinchi buyurtmachisi boʻlgan Oʻzbekiston milliy aviakompaniyasi ularning tijoriy ekspluatatsiyasini 2016 yilda boshlagan. MAKning 2020 yilga moʻljallangan rivojlanish rejalariga muvofiq, aviapark ushbu rusumdagi oltita samolyot bilan toʻldiriladi va MDHda bunday samolyotlarning yetakchi ekspluatantiga aylanadi.

Aviaparkning modernizatsiya qilinishi Oʻzbekiston milliy aviakompaniyasiga xalqaro aviatashuvlar bozorida respublikaning manfaatlarini munosib tarzda namoyish etish, mamlakatning iqtisodiy salohiyatini oshirish, xususan, ichki va tashqi turizm sohasini rivojlanishiga imkon yaratib, uning taraqqiyot yoʻlida yangi bosqichni boshlab beradi.
Dilshod Ulugʻmurodov
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring