“Tuman tashkilotlari oʻzini “nazoratchi” deb biladi, aholi ogʻirini yengil qilish boʻyicha xizmat koʻrsatish yoʻq!” – Shavkat Mirziyoyev

09:52 16 Iyun 2025 Siyosat
146 0

Suv va kanalizatsiya xizmatidan tushgan mablagʻning 10 foizi tumanlarda qolyapti. Lekin, zarur materiallar tayyor turmagani uchun 2-3 soatda hal boʻladigan avariyalar 4-5 kunga choʻzilayapti. Qachon avariya boʻlsa, keyin material sotib olinayapti.

“Tuman tashkilotlari oʻzini “nazoratchi” deb biladi, aholi ogʻirini yengil qilish boʻyicha xizmat koʻrsatish yoʻq!” – dedi Prezidentimiz.

Masalan, Qumqoʻrgʻon tumani karantin boʻlimida 8 nafar inspektor faqat kamchilik boʻyicha koʻrsatma, eksportga sertifikat berish bilan shugʻullanadi, fumigatsiya xizmatini koʻrsatmaydi.

Ekologiya boʻlimi ham faqat daraxt kesishni nazorat qiladi, lekin “Yashil makon” doirasida qayerga qanday koʻchat ekish, moliyaviy manbasi boʻyicha taklif bermaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?