AQSHda Putin Ukrainada toʻxtamasligi aytildi. Tramp esa mojaro boʻyicha yangi bayonot berdi

12:24 12 Iyun 2025 Dunyo
217 0

Illyustrativ foto

Ukraina va Rossiya mojarosi Moskva foydasiga hal boʻlsa, Rossiya prezidenti Vladimir Putin goʻyoki Ukraina bilan toʻxtamaydi. Bu fikrlarni AQSH Qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qoʻmitasi raisi, general Den Keyn AQSH Kongressidagi eshituvda aytib oʻtdi, deya xabar bermoqda “The Hill” nashri.

Maqolada qayd etilishicha, bunday ritorika AQSH prezidenti Donald Trampning bu boradagi pozitsiyasiga “keskin qarama-qarshidir”.

Eshituvda senator Lindsi Grem Keynga xorijiy mojarolar boʻyicha qator savollar berib, Putin “Ukrainada toʻxtab qoladimi?”, deb soʻragan. Keyn esa “Men bunday boʻlishiga ishonmayman”, deya javob bergan.

Oldinroq Germaniya Federal razvedka xizmati rahbari lavozimini tark etayotgan Bruno Kal “Ukraina Rossiyaning Gʻarb yoʻlidagi bir qadam, xolos” degan edi. Uning fikricha Rossiya Ukrainani NATO mamlakatlariga hujum qilish yoʻlidagi oraliq bosqich sifatida koʻrmoqda.

“Biz mutlaqo aminmiz va bizda razvedka maʼlumotlariga ega boʻlgan dalillarimiz bor, Ukraina Rossiyaning Gʻarb yoʻlidagi bir qadamdir”, — deydi Kal.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Qurolli kuchlarining zarbalari AQSH va boshqa mamlakatlarning Rossiyani tinchlikka “majburlash” urinishlaridan koʻra “balandroq boʻlganini” va shu sababli Moskvaga qarshi chora koʻrishga chaqirgandi. Uning fikricha, Rossiyaga “tinchlik uchun qattiq bosim oʻtkazish kerak”.

Zelenskiy Trampga maslahat berdi
Zelenskiy “Bild” nashriga bergan intervyusida AQSH prezidenti Donald Tramp Moskvani muzokaralar stoliga tortish uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy qilishi kerakligini maslahat berdi.

“Menimcha, tarixan gapiradigan boʻlsak, uning (Tramp) uchun butun dunyoda tinchlikni tiklashdan muhimroq narsa boʻlishi mumkin emas. Tramp sanksiyalar kiritishi kerak, shunda Putin darhol: «Keling, urushni tugatish haqida gaplashamiz”, desin. Aks holda natija boʻlmaydi», — deydi Zelenskiy.

Uning soʻzlariga koʻra, Tramp goʻyoki “Rossiya tomoni toʻliq halol va ochiq emasligini” koʻrmoqda.

“Moskva «kuchdan boshqa narsani tushunmaydi” va AQSHda bu kuch bor» — deya soʻzini davom ettirgan Ukraina rahbari Vashington buni tushunishiga umid bildirib.

Avvalroq, “Bloomberg” agentligi AQSH Kongressi senator Lindsi Gremning Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar toʻgʻrisidagi qonun loyihasini prezident Donald Trampning roziligisiz qabul qilishga hali tayyor emasligi haqida xabar bergan edi. AQSH prezidenti Gremning qonun loyihasini hali oʻqib chiqmagan.

Mojaro haqida Trampning yangi bayonoti
Tramp Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi mojaro haqida yangi bayonot berib, uni “dron urushi” deb atadi

“Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi biz toʻxtatmoqchi boʻlgan dahshatli urushga nazar tashlasangiz, bu dron urushi ekanligini koʻrasiz”, — deydi u.

Oq uy rahbarining qoʻshimcha qilishicha, dronlar oʻzini tezkor va aqlli tizimlar ekanligini isbotlagan va uch yil avval ular jang maydonida bunchalik mashhur boʻlishini hech kim tasavvur qilmagan edi.

“Dron bunchalik kuchli qurol boʻladi, deb kim oʻylabdi! Lekin u boshqa koʻplab qurol turlarini, hattoki samolyotlarni ham oʻrnini bosmoqda”, — deydi AQSH prezidenti.

Oʻtgan hafta Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning uchuvchisiz tizimlarini maʼlum segmentlarda dunyodagi eng ilgʻori deb atab, chet elliklar koʻpincha ulardan nusxa koʻchirishini aytgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер