“Chimyon” hududida joylashgan restoran yonib ketdi

13:42 10 Iyun 2025 Jamiyat
92 0

Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, “Chimyon” MFY hududida joylashgan restoranlarning birida yongʻin yuz berdi. Bu haqida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bugun, 10-iyun kuni soat 01:32 da Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, “Chimyon” MFY hududida joylashgan yogʻochli konstruksiya materialidan qurilgan restoranlarning birida yongʻin roʻy berganligi toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.

Mazkur murojaatga asosan, 5 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 02:01 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 02:13 da oʻrab olingan va soat 04:20 da toʻliq oʻchirilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yongʻin natijasida restoranning taxminan 300 kv.m maydonda tomi, shifti, ichki qismi va jihozlari yongan.

“Yongʻin oqibatida tan jarohati olganlar toʻgʻrisida xabar kelib tushmagan. Yongʻin sababi va zarari aniqlanmoqda”, — deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер