Ular amaliyotchini rahbar etib tayinlamoqda — Trampning kadrlar boʻyicha yangi qarori bahs-munozaraga sabab boʻldi

13:22 10 Iyun 2025 Dunyo
106 0

Foto: AP

AQSHda prezident Donald Trampning kadrlar boʻyicha yangi qarori yuzasidan bahs-munozara avj oldi. Gap shundaki, Oq uy rahbari 22 yoshli Tomas Fyugeytni Milliy xavfsizlik departamenti qoshidagi terrorizmning oldini olish markazi rahbari etib tayinlagan. Bu haqda “ProPublica” nashri xabar tarqatdi.

Fyugeyt atigi bir yil oldin Texas universitetini tamomlagan. “The Daily Beast” nashrining yozishicha, bundan oldin u yarim kunlik vaqtida landshaft dizayneri va supermarketda ishlagan. Uning davlat organlaridagi faoliyati faqat 2025-yil fevralida — maxsus yordamchi sifatida boshlangan. Tajribasi yoʻqligiga qaramay, u endi AQSHdagi ekstremizmning oldini olishga qaratilgan 18 million dollarlik dasturni nazorat qiladi

Departamentning oʻzi bu tayinlov Fyugeytning “muvaffaqiyatli ishi” asosida amalga oshirilganini daʼvo qilmoqda. Biroq ekspertlar bunga shubha qilmoqda.

“Balki u 21 yoshida butun bir boʻlimni boshqarish uchun zarur boʻlgan narsaga ega vunderkinddir. Ammo bu dargumon. Ular shunchaki amaliyotchini rahbar qilib qoʻyayotganga oʻxshaydi”, — deydi “ProPublica”ning uzoq yillik tadqiqotchilardan biri.

Tahlilchilar milliy xavfsizlik boʻyicha bunday nufuzli lavozim siyosiy sabablarga koʻra berilishidan qoʻrqishadi. Xabarlarga koʻra, Fyugeyt Trampning saylovoldi kampaniyasida faol ishtirok etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер