Isroil kuchlari Gʻazo boʻylab havo hujumlari uyushtirdi, qurbonlar bor
Isroil tomonidan Gʻazo boʻylab amalga oshirilgan kuchli havo hujumlari oqibatida kamida 26 nafar falastinlik halok boʻldi, deb xabar bermoqda “Al Jazeera” nashri.
Unda aytilishicha, Isroil tomonidan amalga oshirilgan havo hujumlari oqibatida halok boʻlgan 26 nafar falastinliklarning aksariyati Gʻazo shahri, Xon-Yunis hamda Jabaliya shahrida qayd etilgan. Oʻnlab insonlar turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonalarga yotqizilgan.
Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish hamda hududga insonparvarlik yordamlarini zudlik bilan kiritishni talab qiluvchi rezolyutsiyani ovozga qoʻymoqchi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq, Isroil kuchlari ochlikdan azob chekayotgan falastinliklarni Gʻazo gumanitar jamgʻarmasi tomonidan boshqariladigan yordam markazlariga jalb qilib, ushbu markazlarga borgan falastinliklarni oʻqqa tutgan. Oqibatida soʻnggi 8 kun ichida 102 nafar falastinlik halok boʻlgan. Yana koʻplab insonlar turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonaga joylashtirilgan.
Gʻazo rasmiylari Isroil hukumatining bu harakatini dahshatli va qasddan takrorlangan jinoyat ekanini taʼkidlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Inson hayotidagi bosqichli davrlar. Qarish jarayoni bir tekis kechmasligi maʼlum boʻldi
- Ostonadagi kinoteatrda yirik yongʻin yuz berdi (+video)
- Tailand va Kambodja oʻrtasida toʻqnashuvlar avj oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring