AQSH 131 kishining deportatsiyasini tashkil etgani uchun Oʻzbekistonga minnatdorlik bildirdi
Illyustrativ foto
AQSH Ichki xavfsizlik departamenti Qoʻshma Shtatlardagi noqonuniy 131 nafar migrantning deportatsiyasini tashkil etishda yordam bergani uchun Oʻzbekiston hukumatiga minnatdorlik bildirdi.
Deportatsiya amaliyotida Oʻzbekiston oʻz fuqarolari uchun vatanga qaytarilish bilan bogʻliq barcha moliyaviy xarajatlarni qoplagan. Nyu-Yorkdan Toshkentga parvoz 30-aprel kuni “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining “Boeing-787” samolyotida tashkil etildi.
“Biz Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni oʻz fuqarolarini ortga qaytarish uchun samolyot yuborganiga yuqori baho beramiz”, dedi Ichki xavfsizlik departamenti rahbari Kristi Noem.
Ushbu amaliyot AQSH Prezidenti Donald Tramp va uning maʼmuriyati tomonidan xorijiy davlatlar bilan tuzilgan bir qator muvaffaqiyatli bitimlar qatoriga kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring