Rossiyada qizamiqning ommaviy tarqalish xavfi aniqlandi

Foto: Коммерсантъ
Rossiyaning Sankt-Peterburg davlat universiteti olimlari Rossiyaning Shimoli-gʻarbiy federal okrugi aholisining deyarli uchdan bir qismi qizamiqdan himoyalanmaganligini, yaʼni ommaviy immunitet darajasi epidemiyaning oldini olish uchun yetarli emasligini aniqladi.
Universitetning biologlari va shifokorlari 2012-yildan 2023-yilgacha mintaqaning ijtimoiy faol aholisidan olingan 28 mingdan ortiq qon namunalarini tahlil qilishdi. Jami tahlillarning 70 foizida qizamiq virusiga qarshi himoya darajasi mavjudligi maʼlum boʻlgan. Bu ommaviy barqaror immunitet uchun zarur boʻlgan 90-95 foiz chegaradan past.
Qizamiq eng yuqumli viruslardan biri hisoblanadi. Bitta bemor 18 nafargacha odamni zararlashi mumkin. Unga qarshi vaksina samarali boʻlsada, vaqt oʻtishi bilan himoya kamayishi mumkin, ayniqsa bolaligida emlanmaganlar.
Tadqiqotchilarning fikricha, xalqaro harakatchanlikning kuchayishi fonida vaziyatni kuzatish ayniqsa muhim, chunki epidemiologik vaziyat noqulay mamlakatlardan virusni olib kirish xavfi mavjud.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Milliy sertifikat imtihoni natijalari 21 ish kuni ichida e’lon qilinadi — Bilimni baholash agentligi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Ichki ishlar vaziri Buxoro viloyati IIBning 10 ga yaqin rahbarini ishdan boʻshatdi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Yangi hafta avvalida qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi
- “Qutadg‘u bilig” dostoni qo‘lyozmasining faksimile nusxasi yaratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring