Ichki ishlar vaziri Buxoro viloyati IIBning 10 ga yaqin rahbarini ishdan boʻshatdi

10:33 21 Aprel 2025 Jamiyat
186 0

Buxoro viloyatida Ichki ishlar vaziri general mayor Aziz Toshpulatov tomonidan kompleks inspektorlik tekshiruvi natijalari tahliliga bagʻishlangan hisobot yigʻilishi oʻtkazildi.

Maʼlum qilinishicha, Kompleks inspektorlik tekshiruvi natijalariga koʻra, xizmat faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygan bir qator rahbarlarga nisbatan intizomiy taʼsir choralari qoʻllanilgan.

Jumladan:

  • Ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan viloyat IIB boshligʻining oʻrinbosari – Tergov boshqarmasi boshligʻi;
  • viloyat IIB Huquqiy statistika va tezkor hisob maʼlumotlar markazi boshligʻi;
  • Buxoro shahar IIO FMB boshligʻining oʻrinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi;
  • Gʻijduvon tumani Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari – Tezkor qidiruv xizmati boshligʻi hamda yana bir oʻrinbosari — Tergov boʻlimi boshligʻi;
  • shuningdek Kogon tumani Ichki ishlar boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari – Tezkor qidiruv xizmati boshligʻi egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Shuningdek:

  • viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻining oʻrinbosari – Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻi;
  • Tergov boshqarmasi boshligʻining ikki nafar oʻrinbosari, viloyat IIB Kotibiyat boshligʻi;
  • Gʻijduvon tumani Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi;
  • Kogon tumani Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi va uning oʻrinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlariga intizomiy jazolar qoʻllanilgan.

“Yigʻilishda mutasaddilarning hisobotlari hamda takliflari tinglandi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq muddatlar belgilanib, viloyat IIB hamda tuman-shahar ichki ishlar boʻlinmalarining moddiy-texnik taʼminotini yaxshilash hamda yechimini kutayotgan boshqa masalalar yuzasidan istiqbolli vazifalar rejalashtirildi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер