Andijonda masjid tahoratxonasida gaz portladi

Andijon viloyatidagi masjid tahoratxonasida gaz chaqnashi sodir boʻldi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, hodisa bugun, 31-mart kuni soat 12:19 da Izboskan tumani Mirzo Ulugʻbek MFY hududida joylashgan Ahmadali Hoji jomeʼ masjidi hududida yuz bergan. FVBga masjid tahoratxonasida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir boʻlgani haqida xabar kelib tushgan.
Shunga koʻra boshqarma rahbariyati va masʼullar hodisa joyiga yetib borgan, hozirda vaziyat toʻliq nazoratga olingan. Hodisa oqibatida 6 nafar fuqaro tan jarohati olgan.
“Qoʻshimcha maʼlumotlar maʼlum qilinadi”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring