AQSH Konstitutsiyasidagi boʻshliq tufayli Tramp 2037-yilgacha prezident boʻlishi mumkin
Donald Tramp qonuniy ravishda Oq uyga uchinchi muddatga qaytishi mumkin. Bu haqida “The Esonomic Times” nashri maʼlum qildi.
Unga koʻra, Qoʻshma Shtatlar Konstitutsiyasining 22-tuzatishi prezidentlarga ikki muddatdan ortiq ushbu lavozimni egallashni taqiqlaydi. Biroq, mazkur tuzatmada bir boʻshliq bor, u orqali Tramp uchinchi, hatto toʻrtinchi muddatga ham prezident sifatida qolishi mumkin.
Maʼlum qilinishicha, AQSH Konstitutsiyasining 22-tuzatishdagi boʻshliq shuni koʻrsatadiki, prezident ikki martadan ortiq saylana olmasa ham, ular oʻz vakolatini vorislik orqali saqlab qolishlari mumkin boʻladi.
“Mazkur holat huquqshunoslar va amaldagi davlat rahbari Donald Tramp tarafdorlari orasida eʼtiborni jalb etmoqda. Ular bu gʻoyani allaqachon muhokama qilishmoqda”, deyiladi nashr xabarida.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, AQSH konstitutsiyasining 22-tuzatishdagi asosiy jumla – “Hech kim ikki martadan ortiq prezidentlikka saylana olmaydi” – degan qoidaga asoslangan.
Ushbu jumla shuni anglatadiki, ikki marta saylangan prezident boshqa prezidentning isteʼfosi yoki vafoti tufayli butkul prezident boʻlish huquqidan mahrum qilinmagan.
Shu tariqa, Tramp avval vitse-prezidentlikka nomzodini qoʻysa, prezidentlikka esa amaldagi vitse-prezident Jey Di Vens nomzod boʻlsa, saylovdan soʻng Vens qasamyod qilib, keyin isteʼfoga chiqsa, Tramp uning oʻrniga prezidentlikni egallashi mumkin. Bu strategiya konstitutsiyaviy ikki martadan ortiq prezidentlikka saylanish taqiqini buzmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring