Oʻzbekistonning Vashingtondagi birinchi bosh konsuli tayinlandi

11:11 16 Mart 2026 Siyosat
99 0

Axror Burxonov Oʻzbekistonning AQSHning Vashington shtatidagi birinchi bosh konsuli etib tayinlandi. Bu haqda u oʻzining X ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida maʼlum qildi.

“Oʻtgan yillar men uchun juda mazmunli va koʻp qirrali boʻldi. Birgalikda ilgari surilgan tashabbuslar, amalga oshirilgan loyihalar, ustozlardan olingan saboq va tajribalar, hamkasblar bilan yelkama-yelka turib qilingan mehnat, shuningdek, turli darajadagi uchrashuv va tadbirlar bu davrni unutilmas va boy xotiralarga toʻla qildi”, — deb yozadi u.

Taʼkidlash joizki, Axror Burxonov 2023-yilning fevral oyidan buyon Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?