Hamon shifoxonada qolayotgan Rim papasiga jiddiy tashxislar qoʻyildi

88 yoshli Rim papasi Fransiskning ahvoli ogʻir, unda nafas yoʻllari infeksiyasi, ikki tomonlama pnevmoniya rivojlanmoqda, deb xabar bermoqda “NBC News” nashri.
“Sogʻligi yomonligiga qaramay, Fransiskning kayfiyati aʼlo darajada. U ertalab ehtirom marosimida ishtirok etdi. Kun davomida esa dam olish, duo va kitob oʻqish bilan shugʻullandi”, — deydi Vatikan maʼmuriyati vakili.
Papa shu yilning 14-fevral kuni nafas olishda qiynalgani uchun Rimning Gemelli kasalxonasiga yotqizilgan edi. Dastlabki tekshiruvlardan soʻng, unda ikki tomonlama pnevmoniya hamda yengil buyrak yetishmovchiligi tashxisi qoʻyilgan.
“Fransisk juda ogʻir ahvolda kasalxonaga olib kelindi. Unga yangi qon quydik hamda sunʼiy kislorod apparati uladik. Shundan soʻng uning ahvoli ancha barqaror boʻldi”, — deydi shifokorlar guruhi rahbari.
“NBC News” nashri muxbirining soʻzlariga koʻra, papaning ahvolida ijobiy oʻzgarishlar kuzatilmoqda, ammo bu vaqtinchalik boʻlishi mumkin. Hozirda barcha shifokorlar uning sogʻligi borasida jiddiy qaygʻurib, muntazam nazorat ostiga olishgan.
“Soʻnggi paytlarda menga koʻplab mehr-muhabbat xabarlari keldi, ayniqsa, bolalarning maktublari va chizgan rasmlari meni hayratda qoldirdi. Yaqinligingiz hamda tasalli duolaringiz uchun rahmat. Bu menga kuch beradi”, — deydi papa Fransisk oʻz bayonotida.
Maʼlumot uchun, Fransisk 2013-yilning 13-martidan buyon Rim papasi lavozimini egallab kelmoqda. Undan oldin Benedikt XVI ushbu lavozimda boʻlgan hamda 2013-yil 85 yoshida isteʼfoga chiqqan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring