Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Foto: SSV
Poytaxt sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasiga Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli buyrugʻi bilan Botirbek Isabekov rahbar v.b. etib tayinlandi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur tayinlovga qadar u boshqarma rahbarining oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Botirbek Isabekov 2001-yili Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot institutining bakalavriat, 2003-yili Birinchi Toshkent davlat tibbiyot institutining ordinatura bosqichlarini tamomlagan.
Isabekov mehnat faoliyati davomida Uchtepa tumanidagi 30-son oilaviy poliklinika hamda ushbu tuman tibbiyot birlashmasida bosh shifokor muovini, Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, boshligʻi kabi masʼul lavozimlarda ishlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring